Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali

 
Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 oktabrdagi 840-sonli qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. 2020-2021 o‘quv yilidan o‘quv jarayoni boshlangan.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PQ-187-son qaroriga asosan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali maqomi berildi.
 
Filialda hozirgi kunda bakalavriat bo‘yicha bosqichida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim yo‘nalishlarida 9 ta, xususan, Veterinariya meditsinasi, Veterinariya sanitariya ekspertizasi, Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari, Veterinariya farmasevtikasi, Zooinjeneriya, Biotexnologiya, Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi va audit, Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnalogiyasi kabi yo‘nalishlarda, magistratura bosqichi bo‘yicha 9 ta yo‘nalishda talabalar ta’lim olishmoqda. Jami talabalar soni 1277 tani tashkil qiladi. Bundan tashqari 19 nafar tayanch doktorantlar va 15 nafar mustaqil izlanuvchilar o‘z ilmiy ishlari bilan shug‘illanmoqdalar.
 
Filialda ilmiy darajalar beruvchi ILMIY KENGASH faoliyat yuritmoqda.
 
Oliygoh o‘z faoliyatini boshlaganiga oz fursat bo‘lgan bo‘lsada, hozirgi kunda ta’lim, ilmiy, xalqaro hamkorlik, sport sohalarida ko‘plab yutuqlariga erishib kelmoqda. Masalan, Xalqaro hamkorlik sohasida Qozog’iston milliy agrar universiteti va Latviya tabiiy fanlar va biotexnologiya universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ilmiy sohada “Zooinjeneriya” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Qo‘ldoshev Feruzjon Yashnobod tumanidagi texnoparkda Innovatsiya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan ko‘rik tanlovda faxrli 1-o‘rinni egallab 50 million so‘m miqdordagi grand mablag‘ini yutib olgan. 2-bosqich tayanch doktoranti Qo‘ziboyeva O‘g‘ilbu Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi miqyosida tashkil etilgan "ENG YAXSHI ILMIY TADQIQOTCHI" xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanlovida ilmiy ishlari bilan qatnashib 1-o'rinni egalladi va Oltin Medal (ko'krak nishoni), Tashakkurnoma, Sertefikat, Esdalik nishoni guvohnomasi bilan taqdirlandi.