Navoiy davlat pedagogika instituti

Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 25-iyuldagi № 1392-sonli Farmoyishi, O’zSSR Ministrlar Soveti va O’zbekiston kompartiyasi markaziy komitetining 1983-yil 27-iyuldagi  455-sonli Qarori bilan tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi farmoni bilan Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berilgan. Institut tarkibida 2 ta fakultet (Fizika-matematika, O’zbek tili va adabiyoti) faoliyat olib borgan.Hozirgi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida 8 ta fakultet, 24 ta kafedra faoliyat ko’rsatadi. Institutda 27 ta`lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, 17 ta mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Talabalar kontingenti bakalavriat kunduzgi bo’limida 7755 nafar, magistraturada 180 nafar, sirtqi bo`limda 1152 nafar, maxsus sirtqi bo`limda 1053 nafar, jami institut bo`yicha 10140 nafarni tashkil etadi.Navoiy davlat pedagogika instituti strukturasi (O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2017- yil 5- dekabrdagi 897-sonli buyrug`i ilovasi bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Ustavi hamda 2018-yil tuzilmasi tasdiqlangan. Institut Ustavi belgilangan tartibda Navoiy shahar “Yagona darcha” markazining 2017- yil 28-dekabrdagi 30-sonli qarori bilan Davlat ro`yxatidan o`tkazilgan) quyidagicha shakllantirildi: Rektor, Institut Kengashi, Jamoatchilik kengashi, Prorektorlar, O`quv-uslubiy boshqarma, Axborot texnologiyalari markazi, Magistratura bo`limi, Axborot resurs markazi, Sirtqi  bo`lim, Yoshlar bilan ishlash, mahnaviyat va ma`rifat bo`limi, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi, Halqaro hamkorlik bo`limi, Tahririy-nashriyot bo`limi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo`limi, Reja-moliya bo`limi, Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi, Xodimlar bo`limi, Monitoring va ichki nazorat bo`limi, Devonxona va arxiv, Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo`limi, Fakultetlar: (Fizika-matematika, Tabiiy fanlar, Tarix, O`zbek tili va adabiyoti, Chet tillar, San`atshunoslik, Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim, Jismoniy madaniyat).Institutda to’liq shtat bo’yicha jami 453 nafar professor-o’qituvchilar ta`lim jarayonida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Shundan, fan doktori, professorlar, 9 nafar (1,9%), fan nomzodi va dotsentlar 96 nafar (21,2%), katta o’qituvchi va assistent o`qituvchilar 348 nafar (76,9 %) faoliyat ko`rsatishmoqda. Institutda ilmiy darajali professor-oqituvchilar salmog’i 23,1% ni tashkil etadi.

Navoiy davlat pedagogika instituti shaharning 6 ta hududida joylashgan bolib, hududlarda 5600 oringa moljallangan 8 ta oquv binosi, 900 oringa moljallangan 4 ta talabalar turar joyi, 5 ta ochiq turdagi sport maydoni, 2 ta sport zal, 3 ta talabalar oshxonasi mavjud.
Bugungi kunda institutning oquv binolarida 210 ta oquv, oquv yordamchi laboratoriya hamda kompyuter sinflari mavjud bolib, shundan, maruza xonalari soni 145 ta, amaliy mashgulot xonalari soni 32 ta, kompyuter sinflari soni 20 ta, oquv-yordamchi 13 tani tashkil etadi.
Navoiy davlat pedagogika institutining M.Tаrobiy kochasi 134- uyda kimyo va biologiya fanlaridan hamda Janubiy kochasi 1-uyda Fizika fanidan, jami 9 ta oquv-laboratoriya xonalari mavjud.