Asosiy 23.08.2023 05:15
Muzokaralar davomida ikki mamlakat o‘rtasida mamlakatimizdagi texnoparklar bilan hamkorlik o‘rnatish, respublikamizdagi akseleratorlar va biznes inkubatorlar xodimlari uchun maxorat darslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida park rahbariyati va park rezidentlari bilan o‘zaro hamkorlinik o‘rnatish bo‘yicha qator dastlabki kelishuvlarga kelishib olindi. Xususan, o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash, Qatar fan va texnologiyalar parki rahbariyati va park rezidentlarini 2023 yil oktabrda bo‘lib o‘tadigan «Innoweek-2023» innovatsion haftaligida ishtrok etishi va Qatar davlatining burchagini tashkil etish, shuningdek Qatar fan va texnologiyalar parkida Innovatsion rivojlanish agentligi huzurudagi yoshlar texnoparklari va “Inno” texnopark hodimlari malakasini oshirish uchun «Train the trainers» dasturi amaliyotini tashkil etishga kelishildi.