Asosiy 23.08.2023 05:09

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova boshchiligidagi delegatsiya

Tashrif doirasida Qatar tadqiqot, ishlanmalar va innovatsiyalar Kengashi xalqaro aloqalar va hamkorlik bo‘yicha direktori Hind Zaki boshchiligidagi jamoa hamda Qatar milliy tadqiqotlar jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida Qatar tadqiqot, ishlanmalar va innovatsiyalar Kengashi hamda Qatar milliy tadqiqotlar jamg‘armasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, Qatarda ilm-fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyati, olimlar uchun yaratilgan shart sharoitlar haqida so‘z yuritildi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish va suvdan unumli foydalanishga qaratilgan qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ishtirokida arabshunoslik va islom qo‘lyozmalarini birgalikda tahlil qilish, olimlarni Qatardagi ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovka yuborish bo‘yicha takliflar berildi. 

O‘z navbatida, Qatar tadqiqot, ishlanmalar va innovatsiyalar Kengashi bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik va qatarlik olimlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirokida ilmiy tadbirlar, konferensiyalar, treninglar tashkil etishga kelishib olindi.

Boshqa yangiliklar