Asosiy 23.08.2023 04:56

Qatar bilan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik jadallashadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova  boshchiligidagi delegatsiya Qatarga tashrifi doirasida Qatar ta’lim, fan va jamiyatni rivojlantirish jamg‘armasi (Qatar Foundation) ta’lim yo‘nalishi rahbari Fransisko Marmolejo bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida jamg‘arma rahbariyati bilan hamkorlik qilish istiqbollari, muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha Qatardagi nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalar ajratish, O‘zbekistonda ayollar muhandislik maktabini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilish,  Qatar va O‘zbekiston OTMlari bilan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma o‘quv dasturlari tashkil etish, hamkorlikda cho‘llanish xalqaro tadqiqot markazini (Desert Research Center) tashkil etish va ushbu yo‘nalishdagi muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlik memorandumi loyihasini birgalikda tayyorlash va uni rasmiy darajadagi tashriflar davomida imzolashga kelishib olindi. 

Boshqa yangiliklar